Sud materiallariga köra, 41 yoşli Eduardu Bolsonaru otasiga qarşi olib borilayotgan sud jarayonlari munosabati bilan AQŞ hukumatini Braziliyaga qarşi sanksiyalar joriy etişga çaqirgan. Oliy sud bu harakatlarni davlat institutlariga bosim ötkaziş va mamlakat manfaatlariga zid taşqi lobbiçilik faoliyati sifatida baholagan.
Sudya Aleşandre de Moraes qarorni e’lon qilar ekan, Bolsonaruning harakatlari sud hokimiyati hamda davlatning boşqa tarmoqlari faoliyatiga tahdid sifatida qabul qilinganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, siyosatçi xorijda turib Braziliyaning içki işlariga taşqi bosim orqali ta’sir körsatişga uringan.
Qamoq jazosidan taşqari, Eduardu Bolsonaruga sakkiz yil davomida davlat lavozimlarini egallaş ham taqiqlandi. U 2015–2025 yillar davomida Braziliya parlamenti quyi palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan.
Hozirda Eduardu Bolsonaru AQŞ hududida yaşamoqda. Şu bois sud qarori uning iştirokisiz qabul qilingan. Braziliya huquq-tartibot organlari ma’lum qilişiça, u mamlakatga qaytgan taqdirda darhol hibsga olinişi mumkin.
Bu iş Braziliyadagi yirik siyosiy mojarolardan biri hisoblangan Bolsonaru oilasiga qarşi navbatdagi sud qarori böldi. Mamlakatning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 2019–2023 yillarda davlat rahbari bölgan. U 2025 yil sentabrida davlat töntarişiga tayyorgarlik köriş va hokimiyatni zöravonlik bilan egallaşga uriniş ayblovlari böyiça aybdor deb topilib, 27 yil-u 3 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Ayni paytda Braziliyada 2026 yil oktyabr oyida ötkazilişi rejalaştirilgan prezidentlik saylovlari uçun siyosiy tayyorgarlik boşlangan. Unda amaldagi prezident Luis Inasiu Lula da Silva yana nomzod sifatida iştirok etişi kutilmoqda. Şuningdek, qamoqdagi sobiq prezidentning yana bir öğli — Flaviu Bolsonaru ham saylovda qatnaşiş istagini bildirgan.













