Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RFda Putin figuralari sabab haykaltarosh Tilli ishi bo‘yicha sud belgilandi
Rossiya adliya tizimi Vladimir Putin tasvirlangan karnaval figuralari ishi bo‘yicha birinchi sud majlisini belgiladi. Nemis haykaltaroshi Jak Tilli RF armiyasini obro‘sizlantirishda ayblanmoqda.
Foto: Hans-Juergen Bauer/epd
Rossiya adliya organlari nemis haykaltaroshi Jak Tilliga qarshi jinoyat ishi bo‘yicha birinchi ochiq sud majlisini tayinladi. Sabab — unga tegishli, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tasvirlangan karnaval platformalari (yirik ko‘chma kompozitsiyalar). Moskva sudida 24 dekabr, chorshanba kuni ma’lum qilinishicha, ish bo‘yicha asosiy ko‘rib chiqish seshanba, 30 dekabr kuni, Moskva vaqti bilan soat 9:30 da boshlanadi. Majlis ayblanuvchi ishtirokisiz o‘tkaziladi.
Tilliga Rossiya armiyasini obro‘sizlantirish aybi qo‘yilgan. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, bu uchun jarima yoki 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Ish 15 dekabr kuni sudga yuborilgan, dastlabki yopiq majlis esa 24 dekabr tongida bo‘lib o‘tgan. Sud tafsilotlarni oshkor qilmayapti.
Bunday ayblovlardan so‘ng Rossiyada Ukrainaga qarshi boshlangan urushga qarshi chiqqan ko‘plab insonlar allaqachon ozodlikdan mahrum etilgan. Bu qarorlar xalqaro tanqidga uchrab, nohaq hukmlar sifatida baholanib kelinmoqda.
Ayblov versiyasiga ko‘ra, haykaltarosh Rossiya armiyasi haqida “feyklar” tarqatgan, chunki uning ishlari go‘yoki Putinni Ukrainaga qarshi urushda oliy bosh qo‘mondon sifatida haqorat qiladi. Bu haqda avvalroq “Ostorojno, novosti” resursi xabar bergan edi. Tergov esa Tillining harakatlari siyosiy nafrat bilan rag‘batlantirilganini iddao qiladi.
Tillining o‘zi ishni kulgili deb atagan. DW’ga bergan intervyusida u shunday degan: “Men hayron bo‘ldim va avval ishona olmadim. Bu hazil deb o‘yladim, ammo, haqiqat shekilli. Rossiyada, Moskvada, satirani, ehtimol, juda-juda jiddiy qabul qilishadi”.
Jak Tilli — nemis haykaltaroshi va Dyusseldorfdagi “qizil dushanba” deb ataladigan karnaval yurishi uchun tayyorlanadigan satirik karnaval platformalari muallifi. Uning ishlari muntazam ravishda xalqaro e’tiborni jalb qiladi, Putinga bag‘ishlangan figuralar esa bir necha bor Germaniya va jahon OAV muqovalarida chop etilgan.
Mavzuga oid
12:16
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
11:48
RFning Zaporijjyaga zarbalari: turar joylar shikastlandi, yaralanganlar bor
09:13
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
09:12