Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda internetda litsenziyasiz holda xabar tarqatish taqiqlandi
Endilikda, o‘ta vahimali sarlavhalardan foydalanish, axborotni buzib ko‘rsatish, kontekstdan matnni ajratib olish hamda rasmiy manbalardan olingan axborotni montaj qilish ham qonunbuzilishi deb hisoblanadi.
Foto: Getty images
Pekin kiberxavfsizlik boshqarmasi internet yangiliklarini tartibga solish bo‘yicha bir oylik maxsus kampaniya boshladi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV).
"Pekin kiberxavfsizlik boshqarmasi internetda yangiliklar tarqatilishini tartibga solish, yetakchi OAV ta’sirini oshirish va sog‘lom internet makonn shakllantirish maqsadida bir oylik “Toza poytaxt – toza manbalar, rostgo‘y ovoz” kampaniyasini boshladi. Kampaniya internet yangiliklar sohasida axborot xizmatlarining noqonuniy va noto‘g‘ri faoliyat yuritishining oldini olish va bunga chek qo‘yishga qaratilgan", - deyiladi CCTV xabarida.
Xabarga ko‘ra, endilikda tegishli litsenziyasiz intervyu olish, yangiliklarni tahrir qilish va tarqatish taqiqlanadi.
Shuningdek, o‘ta vahimali sarlavhalardan foydalanish, axborotni buzib ko‘rsatish, kontekstdan matnni ajratib olish hamda rasmiy manbalardan olingan axborotni montaj qilish ham qonunbuzilishi deb hisoblanadi.
Qayd etilishicha, akkauntlar tavsifi, surati va nomlarida rasmiy OAVdagi bilan bir xil yoki o‘xshash ma’lumotlardan foydalanish mumkin emas. Shuningdek, jamoatchilikni chalg‘itish maqsadida yetakchi OAVning fotosuratlaridan foydalangan akkauntlar va saytlar ham kuzatuv ostida bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:01 / 10.02.2026
Qozog‘iston Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini qo‘shni davlatlar bilan baham ko‘rmoqchi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026