Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 ta neft bazasi rahbarlari lavozimidan ozod etildi
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov o‘tkazgan tanqidiy yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar sabab Termiz, Jizzax, Maroqand hamda Kuchlik neft bazalari rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.
Foto: O‘zbekneftgaz
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yig‘ilishda neft bazalari rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etgan.
Unda neft bazalari faoliyatini sog‘lomlashtirish, moliyaviy-intizomiy holatni yaxshilash, soliq yukini optimallashtirish, ishchi-xizmatchilar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish hamda o‘rtacha ish haqini oshirish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, yig‘ilishda aholiga halollik, poklik va ochiqlik tamoyillari asosida xizmat ko‘rsatish, sifatli neft mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berish ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlangan.
Mavzuga oid
16:14 / 27.01.2026
«O‘zbekneftgaz» sobiq raisi Bahodir Siddiqov qamoqqa olingan
15:15 / 27.01.2026
Gazlidagi konlar “O‘zbekneftgaz”da qoladigan bo‘ldi
17:57 / 12.01.2026
Prezident «O‘zbekneftgaz»ga kunlik gaz qazib chiqarish hajmini oshirishni buyurdi
21:00 / 11.03.2023