«Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi sobiq raisi Bahodir Siddiqov ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Kun.uz manbasiga köra, u davlat mablağlarini talon-toroj qiliş va boşqa korrupsiyaviy jinoyatlarda gumon qilinmoqda.
Bugun, 27 yanvar kuni prezident raisligidagi yiğilişda hozirda «Özbekneftgaz» AJda katta taftiş ketayotgani, milliard-milliard sömlik talon-torojliklar aniqlangani ma’lum qilindi.
DXX raisiga «Özbekneftgaz» AJ uçun mas’ul xodimlarning javobgarligini körib çiqiş topşirilgan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabr oyi örtalarida avvaliga Özbekiston prezidentining energetik xavfsizlik böyiça vakili Alişer Sultonov, keyin esa «Özbekneftgaz» AJ rahbari Bahodir Siddiqov işdan olingandi.

Sultonov 2013-2015 yillarda «Özbekneftgaz» raisi örinbosari, 2015-2018 yillarda «Özbekneftgaz» raisi sifatida işlagan. U 2017 yildan boş vazir örinbosari sifatida geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksiga ham rahbarlik qilgan. U 2019-2022 yillarda energetika vaziri bölgan, keyinroq prezident maslahatçisi lavozimiga ötgandi.
Bahodir Siddiqov 2019-2020 yillarda ham «Özbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan, 2023 yil uşbu lavozimga qaytgandi. 2025 yil dekabrida iste’foga çiqqanida «boşqa işga ötayotgani» aytilgandi.













