Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yurtdoshlarni aholini ro‘yxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev bunday muhim tadbir 37 yil ichida birinchi marta o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 yanvar kuni o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri ham muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, hozirgacha 7 million 613 ming xonadondan 4 million 776 mingi ro‘yxatdan o‘tdi. Lekin bu boradagi ishlar Toshkent shahri, Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro, Toshkent viloyatida sekin kechmoqda.
«Bunday muhim tadbir 37 yil ichida birinchi marta o‘tkazilyapti. Ro‘yxatga olish – har bir mahalla, har bir oilaning real holatini aniqlash, kelgusi rejalarni shunga qarab belgilash, eng asosiysi, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi», dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev barcha yurtdoshlarni ro‘yxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Mavzuga oid
22:24 / 12.02.2026
Prezident huzurida Andijon viloyatidagi islohotlar natijasi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
20:35 / 12.02.2026
“O‘ztest” markazi tugatiladi va Akkreditatsiya markazi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
20:33 / 12.02.2026
Samarqanddagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi
17:38 / 12.02.2026