Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qariyb 19 ming dollarni nonlar orasiga yashirib olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
Qonunga ko‘ra, jismoniy shaxslar 100 mln so‘mgacha bo‘lgan naqd valutani belgilangan tartibda cheklovsiz olib chiqishi mumkin.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali 18 800 AQSh dollari olib chiqib ketilishining oldi olindi.
Bojxona nazoratidan o‘tish uchun qizil yo‘lakni tanlagan fuqaro o‘zining yonida belgilangan me’yor doirasida valuta borligini ma’lum qilib, bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan. Deklaratsiya rasmiylashtirilganidan so‘ng bojxona xodimi fuqaroning qo‘l sumkalarini nazoratdan o‘tkazgan.
Og‘zaki so‘rovda qarindoshlari uchun olingan non va qand-qurs solinganligi aytilgan sumkadagi nonlar orasida 18 800 AQSh dollari borligi aniqlandi.
Ushbu holat bo‘yicha dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga ko‘ra, jismoniy shaxslar 100 mln so‘mgacha bo‘lgan naqd valutani belgilangan tartibda cheklovsiz olib chiqishi mumkin.
Mavzuga oid
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026