Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident huzurida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Endi boshoqli don ekinlarini yetishtirishda tomchilatib va diskret sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan maydonlar uchun ham subsidiya beriladi. Suv tejovchi texnologiyalarni qurib bergan pudrat tashkilotlari har bir loyihaga kamida 2 yillik kafolat muddati berishi hamda 5 yil davomida servis xizmatlarini ko‘rsatishi majburiy etib belgilanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash hamda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Endi boshoqli don ekinlarini yetishtirishda tomchilatib va diskret sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan maydonlar uchun ham subsidiya beriladi.
Suv tejovchi texnologiyalarni xarid qilish va qurish maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha foizlarni qisman qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi. G‘o‘za maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun kredit mablag‘lari har yil noyabr oyidan boshlab ajratiladi.

Suv tejovchi texnologiyalarni qurib bergan pudrat tashkilotlari har bir loyihaga kamida 2 yillik kafolat muddati berishi hamda 5 yil davomida servis xizmatlarini ko‘rsatishi majburiy etib belgilanadi.
Sohada davlat nazoratini takomillashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Suv olish joylarida suvni boshqarish va hisobini yuritishni takomillashtirish maqsadida sholi yetishtiriladigan hamda baliqchilik xo‘jaliklari tashkil qilingan yer maydonlarida “aqlli” suv o‘lchash va hisoblash vositalari o‘rnatiladi. Ular “Suv hisobi” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy bo‘linmalarida suv tejovchi texnologiyalardan hamda suvdan foydalanishni monitoring qilish bo‘limlari tashkil etiladi. Tadbirkorlik sub’yektlarida inspeksiya tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarni yonkameralardan foydalangan holda amalga oshirish tartibi joriy etiladi. Inspeksiyaga qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida suvdan foydalanish va suv isrofini monitoring qilish maqsadida uchuvchisiz uchish dronlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, o‘rnatilgan suv tejovchi texnologiyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan va subsidiya ajratilgan yer maydonlarida bunday texnologiyalar yoki ularning asosiy qismlarini ishlatmasdan, an’anaviy usulda sug‘orish suvdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish deb baholanadi.
Fermerlarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish sohasidagi manfaatlarining himoyasini kuchaytirish maqsadida “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan sudlarga da’vo arizalarini kiritishda davlat bojidan ozod qilish taklif etildi.
Taqdimotda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish yuzasidan rejalar haqida ham axborot berildi. Jumladan, “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida joriy yilda 10 mingta fermer xo‘jaliklari xodimlarining malakasi oshiriladi, 358 nafar suv xo‘jaligi xodimi malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi.
Mavzuga oid
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026
Toshkentda 5 ta nimstansiya quriladi va tarmoqlar modernizatsiya qilinadi
08:22 / 24.02.2026