Avto | 07:52
13137
3 daqiqa o‘qiladi

Eng kam muammoli avtomobillar – 2026 yil reytingi

Yangi infografikada 2026 yildagi eng ishonchli avtomobil brendlari reytingi taqdim etildi. Reyting ekspertlar jurnali - Consumer Repors tomonidan tuzilgan prognoz qilingan ishonchlilik (predicted reliability) ko‘rsatkichlariga asoslanadi.

Foto: zr.ru

Consumer Repors deyarli har bir yangi yengil avtomobil, pikap va yo‘ltanlamas (SUV) uchun prognoz qilingan ishonchlilik indeksini hisoblaydi. Buning uchun u o‘z obunachilarining yillik so‘rovnomalaridan yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi. So‘rovlarda avtomobil egalari mashinalaridan foydalanish jarayonida duch kelgan muammolarni batafsil bayon qiladi.

So‘nggi tadqiqotda taxminan 380 000 ta avtomobil bo‘yicha javoblar ishlatilgan. Bu esa brendlar, modellar va turli xil kuch qurilmalari (dvigatel/gibrid tizimlar) kesimida ishonchlilikka oid barqaror qonuniyatlarni aniqlash imkonini berdi. Yakuniy umumlashtirilgan natijalar avtomobillarni baholash va o‘zaro taqqoslash, shuningdek, benzinli, gibrid, ulanuvchi gibrid (plug-in) va to‘liq elektr modellar o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilish uchun qo‘llanadi.

2026 yilda yapon brendlari yettilikning birinchi o‘rinlaridan oltitasini egalladi. Reyting yetakchisi — Toyota, undan keyin zich ravishda Subaru va Lexus keladi. Bu ishlab chiqaruvchilar konservativ muhandislik yondashuvi, modellarning uzoq hayot sikli va sinovdan o‘tgan texnologiyalarga tayanish siyosati bilan yaxshi tanilgan.

Toyota avtomobillari to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilgan taqdirda 300 000 kilometrdan ortiq resursga mo‘ljallab loyihalanadi. Bunga ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida qat’iy sifat nazorati va potensial nosozlik nuqtalarini kamaytiradigan soddalashtirilgan kuch qurilmalari hisobidan erishiladi.

Honda va Nissan ham yuqori natijalar ko‘rsatib, Yaponiyaning uzoq xizmat qiladigan va ishonchli avtomobil texnikasi sohasidagi yetakchiligini tasdiqladi.

Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilari reytingning asosan o‘rta qismida joylashdi. Ular orasida eng yaxshisi — BMW bo‘lib, u umumiy hisobda 5-o‘rinni egalladi va ayrim yapon raqobatchilarini ortda qoldirdi.

Shu bilan birga Volkswagen, Audi, Mercedes-Benz va Volvo pastdan o‘rtacha 40 ball atrofi diapazonida baholandi. Bu ularning ishonchlilik ko‘rsatkichlari nisbatan kamtar ekanini anglatadi.

Tesla esa oldingi tadqiqotga nisbatan eng sezilarli o‘sishni namoyon qildi: u darhol 8 pog‘ona yuqorilab, 9-o‘ringa chiqdi. Bu o‘sishga Tesla Model 3 va Tesla Model Y modellarining yuqori ishonchlilik baholari sabab bo‘lgan — ular konstruksiyaning ko‘p yillik bosqichma-bosqich takomillashtirilishidan foyda ko‘rgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid