Şayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofotining hay’at a’zosi Saida Mirziyoyeva mukofotning Abu-Dabidagi forumida nutq sözladi. U insoniy birodarlikni mustahkamlaşda ayollar yetakçiligining örni kattaligi, yetakçi ayollar yetişib çiqişi uçun esa oilaviy zöravonlikka yöl qöyib bölmasligini aytdi. Bu esa, öz navbatida, amalda işlaydigan qonunlar va xalqçil sudlar bölişini taqozo qiladi.

3 fevral kuni BAA poytaxti Abu-Dabida insoniy birodarlik uçun Şayx Zoid mukofotining majlisi iş boşladi. Mukofot bugun, 4 fevral – Xalqaro inson birodarligi kunida tantanali tarzda öz egalariga topşiriladi.

Keçagi majlisda mukofotning hay’at azolari, global miqyosda obröga ega arboblar va inflyuyenserlar iştirok etdi. Bu yilgi forum jamiyatlarda barqarorlik va özaro uyğunlikni östirişda oilalar va ijtimoiy guruhlarning markaziy ahamiyati, ayollar yetakçiligi va gumanitar faollik masalalariga bağişlandi.

Unda mukofot hay’ati a’zosi, Özbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham sözga çiqib, insoniy birodarlikni mustahkamlaşda ayollar yetakçiligining örni haqida söz yuritdi.

“Uşbu nufuzli Majlisning bir qismi böliş men uçun ulkan şarafdir. Fursatdan foydalanib, qadr-qimmat, mas’uliyat va birgalikda yaşaşni qanday tanlaşimiz xususida özaro hurmat asosida oçiq muloqot qilişga maydon yaratgani uçun Birlaşgan Arab Amirliklariga va insoniy birodarlik uçun Şayx Zoid mukofotiga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Biz bugun böliniş, qörquv va nizolar haqida köp eşitamiz. Işonç mörtlaşib ketdi, gaplaşiş qiyinlaşdi. Bu örinda insoniy birodarlik balandparvoz şior yoki mavhum ğoya emas. Aslida bu amaliy tanlov: insonlarni toifa yoki yorliq sifatida emas, balki inson sifatida köriş va bir-biriga nima bölayotgani haqida qayğuriş demakdir.

Men uşbu maydonda xotin-qizlar yetakçiligi haqida siyosiy bayonot yoki zamonaviy trenddagi mavzu sifatida emas, balki mutlaqo real narsa sifatida gapirmoqçiman”, – dedi Mirziyeva.

Uning sözlariga köra, köplab ayollar uçun yetakçilik har qanday rasmiy lavozimlarni egallaşdan ança oldin – oilada, maktabda, şifoxonada, mahallada boşlanadi. Bunda mas’uliyat şaxsiy xarakterga ega bölib, undagi tajriba qizğin bahslarda ğalaba qozonişga emas, balki köproq ehtimoliy zararning oldini olişga, tartibni saqlaşga va kelajakda nima bölişini oldindan köra bilişga qaratilgan fikrlaş va yetakçilik uslubini şakllantiradi.