Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Muloqot chog‘ida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 1 iyun kuni Vena shahrida Avstriya Federal kengash raisi Markus Shtotter hamda Milliy kengash raisi Valter Rozenkrans bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

«O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, xususan, jamiyatni demokratlashtirish va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish borasidagi jarayonlarga alohida e’tibor qaratildi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva bu haqda.


Shuningdek, Venada BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) ijrochi direktori etib yangi tayinlangan Monika Juma bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


«Muloqot davomida mamlakatimizning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish masalalari hamda 2026 yil aprel oyida ushbu global muammoga bag‘ishlab o‘tkazilgan Samarqand xalqaro forumidan so‘ng amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildik. Ayollar, bolalar va yoshlar himoyasiga qaratilgan «sayd-iventimiz»ni qo‘llab-quvvatlagani uchun Monika Jumaga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston ushbu tadbirni bugun BMT Jinoyatchilikning oldini olish komissiyasining 35-sessiyasi doirasida o‘tkazdi. Biz BMT GJB bilan xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot borasida sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyormiz», deb yozdi Saida Mirziyoyeva bu haqda.





Mavzuga oid
20:19 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasi sessiyasida ishtirok etdi
08:31 / 01.06.2026
BMT bankrotlik xavfiga duch kelmoqda - WSJ
12:39 / 30.05.2026
Isroil va Rossiya kuchlari mojaro zonalaridagi jinsiy zo‘ravonlik uchun BMT qora ro‘yxatiga kiritildi
10:34 / 29.05.2026