Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yangi O‘zbekiston” massivlari soni 120 taga yetkaziladi
Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangicha yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unda renovatsiya ulushini oshirish va yangi turar joy massivlarini kengaytirish orqali aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha qator takliflar ko‘rib chiqildi.
Prezidentga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 8 yilda mamlakatda 120 million kvadrat metr yoki 600 mingdan ziyod xonadonlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Uy-joy sotib olishga ko‘maklashish maqsadida 541 ming nafar fuqaroga 103 trillion so‘m arzon ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratilgan.

Shu bilan birga, davlat rahbari qilingan ishlar hali yetarli emasligini ta’kidladi. Har yili respublika bo‘yicha 200 mingtaga yaqin yangi oila tashkil topayotgani uy-joy, yo‘l va ijtimoiy infratuzilmaga talabni oshirayotgani qayd etildi. Hozirda aholining bir kishi boshiga o‘rtacha 18,9 kvadrat metr turar joy maydoni to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkichni kamida 23 kvadrat metrga yetkazish uchun 2040 yilgacha yangi uy-joy qurilish sur’atini 280 mingtaga oshirish zarurligi aytildi.
Yer resurslaridan samarali foydalanish nuqtai nazaridan aholi punktlarining tartibsiz kengayib borishi kelgusida ayrim hududlarda ekin yerlarining tanqisligiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan eskirgan uy-joy fondini yangilash va uy-joy qurilishida renovatsiya ulushini oshirish zarurligi qayd etildi.

Takliflarga ko‘ra, renovatsiya hissasini hozirgi 15 foizdan 2040 yilga qadar 60 foizga yetkazish, shuningdek “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish ishlarini kengaytirib, ularning sonini 120 taga yetkazish zarurligi bildirildi.
Prezident taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, sohada rejali va uzoq muddatli yondashuvlarni izchil joriy etish, belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026
Toshkentda 5 ta nimstansiya quriladi va tarmoqlar modernizatsiya qilinadi
08:22 / 24.02.2026