Jahon | 15:59 / 07.02.2026
2026
2 daqiqa o‘qiladi

Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi

Yevroittifoq davlatlari Rossiyadan YeI hududiga sanksiyalarni buzgan holda olib kirilgan avtomobillarni musodara qilish huquqiga ega. Bunday qarorni Yevropa Ittifoqining umumiy yurisdiksiya sudi rossiyalik fuqaroning da’vosini ko‘rib chiqib qabul qildi.

Foto: Foto: DesignIt/Zoonar

Yevroittifoq davlatlari Rossiyadan amal qilayotgan sanksiyalarni buzgan holda YeI hududiga olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishi mumkin. Bunday qarorni Yevropa Ittifoqining umumiy yurisdiksiya sudi payshanba kuni, 5 fevralda qabul qildi. Ishga Dyusseldorfda yashovchi Rossiya fuqarosining da’vosi sabab bo‘lgan.

Rossiya fuqarosi 2023 yil yanvar oyida Rossiyada ishlatilgan avtomobil sotib olgan, shu yilning may oyida u bilan Polshaga kirgan, keyin esa avtomobilni davlat raqam belgilarisiz treylerda Dyusseldorfga olib borgan va 2023 yil avgust oyida uni deklaratsiya qilishga uringan. Biroq Germaniya bojxonasi transport vositasini musodara qilgan, bunda Yevropa Ittifoqining № 883/2014 reglamentining 3i-moddasiga tayangan. Ushbu hujjat YeI hududiga Rossiyaga «sezilarli daromad» keltiradigan tovarlarni olib kirishni taqiqlaydi.

Sud qaroriga ko‘ra, Yevroittifoqning Rossiyadan tovarlar olib kirishga qo‘ygan cheklovlari taqiqlangan savdo toifalari ro‘yxatiga kiritilgan barcha pozitsiyalarga tatbiq etiladi. Shuningdek, sud Rossiyadan olib kirilgan va 2023 yil 19 dekabr holatiga ko‘ra YeI hududida bo‘lgan avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish faqat embargoni buzmagan holda olib kirilgan transport vositalariga nisbatan ruxsat etilishini belgiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid