Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yaqin Sharqqa harbiy yuklar tashish sur’atini oshirmoqda
Yuklarning aksariyati Texasdagi armiya va havo hujumidan mudofaa qismlari bazalariga qarashli aerodromlardan olib kelinmoqda. Bu bazalarda Patriot zenit raketa majmualari va THAAD raketadan mudofaa tizimlari saqlanadi.
Foto: AP
AQSh harbiy-havo kuchlarining harbiy-transport aviatsiyasi Yaqin Sharqqa harbiy yuklar tashish sur’atini oshirmoqda.
Oxirgi ikki sutka davomida Amerikaning C-17A Globemaster III va C-5 Galaxy og‘ir harbiy-transport samolyotlari mintaqaga 15 martaga yaqin parvoz qilgan. Bu undan oldingi ikki kunga nisbatan qariyb bir yarim martaga ko‘pdir.
Yuklarning aksariyati Texasdagi armiya va havo hujumidan mudofaa qismlari bazalariga qarashli aerodromlardan olib kelinmoqda. Bu bazalarda Patriot zenit raketa majmualari va THAAD raketadan mudofaa tizimlari saqlanadi.
C-17A Globemaster III samolyoti 75 tonna va C-5 Galaxy 118 tonnagacha yuk tashish imkoniyatiga ega.
2026 yil boshidan AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini sezilarli darajada kengaytirdi. Tramp bu qadamlarni, jumladan, Erondagi hukumatga qarshi namoyishlarning shafqatsiz bostirilgani bilan izohlagan, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha voqealarda qariyb uch ming kishi halok bo‘lgan.
Shundan keyin mintaqada AQSh harbiy-dengiz kuchlari «dunyodagi eng yirik jangovar kema» deb ataydigan Abraham Lincoln aviatashuvchisi va uni qo‘llab-quvvatlovchi kema guruhi paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
00:05
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
22:07 / 07.04.2026
Eron Yaqin Sharqni «zulmatga cho‘mdirish» bilan tahdid qildi
20:53 / 07.04.2026