Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda tog‘-kon va kimyo sanoati uchun kadrlar tayyorlash markazi ochiladi
Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda hudud sanoati uchun malakali mutaxassislar tayyorlash masalasi muhokama qilinib, Navoiy raqamli texnologiyalar texnikumida tog‘-kon va kimyo sanoatiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash markazi tashkil etilishi belgilandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va yangi quvvatlarni kadrlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda viloyatda sanoat rivoji hududlar kesimida nomutanosib ekani qayd etilib, Nurota tumanida granit sanoat parki, qayta ishlash klasteri va pardozbop toshlar bozorini tashkil etish, Xatirchi tumanida kichik sanoat zonasini ishga tushirish hamda yuqori qiymatli loyihalarni joylashtirish kabi tashabbuslar ma’qullandi. Shuningdek, pardozbop toshlar ishlab chiqarishni bir necha barobar oshirish vazifasi qo‘yildi.

Aynan shu yangi loyihalar va sanoat quvvatlari uchun yetarli kadrlar tayyorlash maqsadida Navoiy raqamli texnologiyalar texnikumida tog‘-kon va kimyo sanoati uchun kadrlar tayyorlash markazi tashkil etiladi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish, tayyorlanadigan kadrlar amaliyotga yo‘naltirilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
20:05 / 09.06.2026
Prezidentga tog‘-kon sanoati va geologiyada raqamli texnologiyalarni joriy qilish rejalari taqdim etildi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026