Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Markaziy Osiyo davlatlaridan Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya etishni talab qildi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohan Vadeful Markaziy Osiyo davlatlari «Rossiyaga Yevropa cheklovlarini chetlab o‘tishga imkon berayotganini» aytdi.
Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilishda Yevropa Ittifoqini qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, Ukraina tomonida bo‘lishi kerak. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohan Vadeful Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv oldidan ma’lum qildi, deb yozdi n-tv.
Vadefulning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi uning «harbiy mashinasi»ni jilovlash uchun keng ko‘lamli sanksiyalar joriy qilgan. Ammo Markaziy Osiyo davlatlari «Rossiyaga Yevropa cheklovlarini chetlab o‘tishga imkon bermoqda».
«Bugun men aniq aytmoqchiman: ushbu sanksiyalarni chetlab o‘tishga urinishlar Rossiyaning bosqinchilik urushini qo‘llab-quvvatlaydi va shu tariqa Yevropa Ittifoqi xavfsizligi manfaatlariga bevosita tahdid soladi», dedi Vadeful.
11 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohan Vadeful bilan uchrashdi. Unda strategik hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilgani haqida xabar berildi.
«Savdo, energetika va mintaqaviy barqarorlik kabi muhim yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishni maqsad qilganmiz. Shuningdek, bo‘lajak sammitlar va O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashi kabi tashabbuslar orqali iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash muhimligini alohida ta’kidladik. Hamkorligimizni yanada ilgari surishni hamda yaqin kelajakda hamkasbimni Toshkentda qutlashni intiqlik bilan kutamiz», deb yozdi Baxtiyor Saidov.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026