Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“AQSh bilan o‘rtamizda katta jarlik paydo bo‘ldi” – Fridrix Mers. Myunxen xavfsizlik forumidan reportaj
13 fevral kuni Germaniyada Myunxen xavfsizlik forumi o‘z ishini boshladi. Ochilish sessiyasida so‘zga chiqqan kansler Fridrix Mers Yevropa va AQSh o‘rtasida katta jarlik paydo bo‘lganini gapirdi. Tadbirni joyidan yoritayotgan Kun.uz muxbiriga ko‘ra, 1963 yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan tarixiy yig‘inda bu yil 60 dan ortiq prezident va bosh vazirlar, 16 nafar tashqi ishlar vaziri, 25 nafar mudofaa vaziri, admirallar, diplomat va ekspertlar qatnashmoqda.
Bu yilgi xavfsizlik forumi oldidan e’lon qilingan yillik hisobot “Vayronagarchiliklar ostida” deb nomlandi. Bu bilan forum tashkilotchilari xavfsizlik borasida dunyodagi tizim boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ko‘rsatishga urindi. Bundan tashqari, dunyoda shakllangan 80 yillik tartibot ham o‘z kuchini yo‘qotib, katta davlatlarning imperializm va kuch ishlatishga bo‘lgan urinishlari sabab xavfsizlik inqirozi yuzaga keldi.
Myunxen xavfsizlik forumining ochilish sessiyasida so‘zga chiqqan Germaniya kansleri ancha jiddiy fikrlarini o‘rtaga tashladi. Umuman olganda, bu yilgi forumning asosiy masalasi – AQSh bilan buzilgan Yevropa aloqalariga qaratiladiganga o‘xshamoqda.
Fridrix Mersga ko‘ra, AQSh Yevropadagi real vaziyatni e’tiborga olmay, mensimayapti. Bu esa transatlantik aloqalarga putur yetkazdi.
“Yangi transatlantik hamkorlik: afsuski, AQSh bilan o‘rtamizda katta jarlik paydo bo‘ldi. Ayni dam so‘z erkinligi va demokratiya ham eng og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Transatlantik hamkorlik mohiyatini yo‘qotib qo‘ydi, agar kelajakda biz uni saqlab qololsak, yangicha ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Biz yevropaliklar bitta narsani yaxshi bilamiz, NATO – bu faqat bizning mulkimiz emas, aziz amerikalik do‘stlar bu sizning ham mulkingiz. Yevropa Pentagon buni yaxshi tushunishini biladi. Kelinglar, bu aloqalarimizni saqlab qolaylik, do‘stlar”, dedi Germaniya kansleri.
Fridrix Mers shuningdek, AQShning Grenlandiyaga da’volariga ham to‘xtaldi. Rasmiy Berlin xalqaro huquq tomonida ekanini bildirdi.
“Grenlandiya bo‘yicha gapiradigan bo‘lsam, ko‘plab davlatlar, xususan Kanada, Yaponiya, Turkiya, Braziliya va qator Janubiy Amerika davlatlari o‘zining yaqqol pozitsiyasini e’lon qildi. Biz ham xalqaro huquq normalari tarafidamiz, bu jiddiy muammo faqat tinchlik vositalari bilan hal etilishini istaymiz. Biz bir marta bu yo‘ldan o‘tib ko‘rganmiz, oqibati esa o‘ta fojiali bo‘ldi. 1945 yildan keyingi xalqaro tartibotda NATO eng ishonchli tuzilmaga aylangandi, shu ishonchni saqlab qolishimiz kerak. Nafaqat o‘zimiz, balki bolalarimiz va nevaralarimiz uchun ham to‘g‘ri ish qilishimiz lozim deb bilaman”, deya so‘zini yakunladi Germaniya hukumati rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kunining o‘zida Fransiya, Finlandiya, Chexiya prezidentlari, Shvetsiya va Norvegiya bosh vazirlari, AQShning Kaliforniya shtati gubernatori, Yevropa parlamenti prezidenti va Yevropa ittiqofining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy komissari, AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton ishtirokidagi sessiyalar rejalangan. AQShdan esa davlat kotibi Marko Rubio, Xitoydan tashqi ishlar vaziri Van I boshchiligidagi delegatsiya Myunxenga yetib kelgan. Ularning sessiyalari esa navbatdagi kunlarga belgilangan. Eng katta delegatsiyalardan biri Ukrainadan kelgan bo‘lib, birinchi marta Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida “Ukraina uyi” taqdim etilmoqda.
Mavzuga oid
20:40
Mers: Urush Rossiya iqtisodiy va harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi
19:09
Davlatlararo vositachi: Epshteyn ishidagi siyosiy detallar
18:15
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharqqa ikkinchi aviatashuvchini yubormoqda
16:48