Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston urush tufayli ketgan rossiyaliklarni ommaviy deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
Mamlakatda vaqtincha yashash huquqini beruvchi soxta ruxsatnomalar bo‘yicha katta jinoiy ish tergov qilinmoqda.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakatda vaqtincha yashash huquqini beruvchi soxta ruxsatnomalar bo‘yicha katta jinoiy ishni tergov qilmoqda. Bu ish urush tufayli mamlakatga kelgan ko‘plab rossiyaliklarning deportatsiyasiga sabab bo‘lishi mumkin, deb yozdi «Slovo zashchity» loyihasi Rossiyadan ketgan odamlarga yordam berayotgan huquq himoyachilariga tayanib.
Huquq himoyachilarining so‘zlariga ko‘ra, ish bo‘yicha «o‘nlab erkak va chaqiruv yoshidagi rossiyaliklar» guvohlik bermoqda. Tergov 2026 yil fevral oyi oxirida boshlangan.
Qozog‘istonda bir yilgacha yashash imkonini beruvchi ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun rasman ishga joylashish va ro‘yxatdan o‘tish kerak. Qozog‘iston bir muddat «soxta ruxsatnomalar» bozoriga xotirjam munosabatda bo‘ldi, biroq vaqt o‘tishi bilan migratsiya siyosati qat’iylashdi.
«Ruxsatnoma ishi bilan migratsiya politsiyasi emas, balki Milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshqarmasi shug‘ullanayotganini hisobga olsak, gap Rossiya bilan kelishilgan ro‘yxatlar bo‘yicha ommaviy deportatsiyani tayyorlash haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin», deb hisoblamoqda «Slovo zashity».
Huquq himoyachilari soxta ruxsatnomalar bo‘yicha jinoiy ishning barcha ishtirokchilariga zudlik bilan Qozog‘istonni mustaqil ravishda tark etishni va Rossiyaga deportatsiya qilinmaslikni tavsiya etmoqda.
Qozog‘iston - Ukraina bilan katta urush boshlanganidan va safarbarlikdan keyin rossiyaliklar faol borgan davlatlardan biri. Qozog‘istonda urush tufayli ketgan o‘n minglab rossiyaliklar bor. 2026 yilda huquq himoyachilari Qozog‘istondan rossiyaliklarni, jumladan, Rossiyada siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinayotgan yoki qochoqlikda ayblanayotganlarni deportatsiya qilish holatlari keskin oshganini qayd etdi.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026