Qozoğistonning yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezident Qosim-Jömart Töqayevga yana davlat rahbari lavozimiga nomzodini qöyiş imkonini beradi, deyiladi respublika Konstitutsiyaviy sudi qarorida.

Hujjatga köra, yangi Konstitutsiyani qöllaşda avvalgi 1995 yilgi namunadagi Konstitutsiyaning amal qiliş davrida tegişli lavozimda böliş muddatlari inobatga olinmaydi.

Sudning tuşuntirişiça, çeklovlar (xususan, lavozimda böliş muddati böyiça) faqat 2026 yilgi Konstitutsiya kuçga kirganidan keyin amalga oşirilgan saylov va tayinlovlarga taalluqlidir.

Avvalgi Asosiy qonun böyiça davlat lavozimlarini egallagan şaxslar konstitutsiyaviy islohotdan söng qayta saylanişi yoki tayinlanişi mumkin. Bundan taşqari, bu birinçi marta saylaş yoki tayinlaş deb hisoblanadi.

Şu tariqa, amaldagi prezident Qosim-Jömart Töqayev özi taşabbuskor bölgan konstitutsiyaviy islohotda yetti yillik prezidentlik muddatiga çeklov örnatilganiga qaramay, yana davlat rahbari lavozimiga nomzodini qöyişi mumkin böladi.

Töqayevning amaldagi prezidentlik muddati 2022 yil 20 noyabrdan boşlanadi va 2029 yil noyabrda tugaşi kerak.

Mamlakatning yangi asosiy qonuni mart oyida referendumda ma’qullangan va joriy yilning 1 iyulidan kuçga kirgan. U davlat tuzilişining yangi tizimini, şu jumladan bir palatali parlamentga ötişni mustahkamlaydi.

Avvalroq, Qosim-Jömart Töqayev 2029 yilda prezidentlik lavozimini tark etişini aytgan edi.

«2029 yilda lavozimimdan ketişimni allaqaçon e’lon qilganman. Çunki bu xalqimning talabi va özimning qarorim», dedi u.