Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
19 martdan Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi muntazam reyslar tiklanadi
Avval bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari o‘z aviachiptalarini aviakompaniyaning istalgan keyingi reyslariga bepul asosda qayta rasmiylashtirishlari mumkin.
BAA aviatsiya rasmiylarining xabarnomasiga muvofiq, 2026 yil 19 martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi muntazam reyslarni tiklaydi.
“Avval bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari o‘z aviachiptalarini aviakompaniyaning istalgan keyingi reyslariga bepul asosda qayta rasmiylashtirishlari mumkin”, deyiladi Uzbekistan Airways xabarida.
Reyslar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
HY333 — Toshkent 07:15 → Dubay 11:00
HY334 — Dubay 12:30 → Toshkent 17:30
Ta’kidlanishicha, mintaqadagi joriy vaziyat munosabati bilan parvozlar barcha xavfsizlik talablari va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yangilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari havo hududining qisman yopilishi munosabati bilan Toshkentdan Dubayga yo‘l olgan ayrim aviareyslar jo‘nash aeroportiga qaytgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:53 / 28.06.2026