Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashhur aktyor Chak Norris vafot etdi
U 40dan ortiq film va seriallarda suratga tushgan bo‘lib, “Jasur Uoker: Texascha adolat” seriali va mashhur aktyor Bryus Lining "Ajdarho yo‘li" filmida ijro etgan roli orqali tanilgandi.
Amerikalik mashhur aktyor va jangovar san’at ustasi Chak Norris 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, u payshanba kuni Havayidagi shifoxonaga yotqizilgan va ertasi kuni vafot etgan.
Chak Norris 10 mart kuni tug‘ilgan kunini nishonlagandi.
U 40dan ortiq film va seriallarda suratga tushgan bo‘lib, kino muxlislariga “Jasur Uoker: Texascha adolat” seriali va mashhur aktyor Bryus Li bilan Kolizeyda jang sahnasi bilan yodda qolgan “Ajdarho yo‘li” filmi orqali tanilgan.
Chak Norris dzyudoda qora belbog‘ sohibi, Braziliya jiu-jitsusida 3-darajali qora belbog‘, karateda 5-darajali qora belbog‘, taekvondoda 8-darajali qora belbog‘, tang su doda 9-darajali qora belbog‘ va chun kuk doda 10-darajali qora belbog‘ sohibi bo‘lgan. U 1968 yilda karate bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan va ushbu unvonni olti marta himoya qilgan.