Aktyor Çak Norris özi boş rolni ijro etgan «Qat'iy Uoker» seriali bilan boğliq vaziyat tufayli sudga murojaat qildi, u 30 mln dollar tölab berilişini talab etmoqda. Bu haqda Deadline xabar berdi.
Çak Norris CBS va Sony Pictures Television kompaniyasini sudga berdi. Artist ularni şartnomani buzişda ayblamoqda, unga köra kompaniyalar maşhur şouni körsatişdan tuşgan mablağlardan ma'lum foizlarni tölab borişi lozim bölgan.
Norrisning nomidan uning Top Kick Productions kompaniyasi Los-Anjyelesdagi Oliy sudga da'vo arizasi bilan murojaat qildi.
«Qat'iy Uoker» CBS kanaladi 1993 yildan 2001 yilga qadar namoyiş etilgan. Sakkizta mavsum suratga olingan. Serial 100 dan ortiq davlatda körsatilgan.

















