Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasi Özbekistonga 2026 yil uçun budjet ijrosi doirasida xarajatlarni oşiriş holatlarini imkon qadar çeklaşni tavsiya etyapti. Bu inflyatsion bosimni jilovlaşga yordam beradi.

«Budjetda, ayniqsa, oltin narxlariga oid daromadlar böyiça ehtiyotkor prognozlar inobatga olingan şaroitda daromadlar rejasining ortiği bilan bajarilişi ehtimoli mavjud bölsa ham, xarajatlarning budjetda belgilangan darajadan oşib ketişini çeklaş muhim. Aks holda allaqaçon yuqori bölgan içki talab, neft narxlarining balandligi va savdo yönalişlaridagi uzilişlar fonida inflyatsion bosim yanada kuçayişi mumkin», deyiladi hisobotda.

XVJga köra, Yaqin Şarqdagi uruş bilan boğliq ehtimoliy qöşimça mablağ ajratiş zarur bölsa, umumiy subsidiyalar va narxlarni tartibga solişdan qoçiş kerak. Çunki bunday çoralar katta xarajat talab qiladi, bozorni buzadi va ularni keyinçalik bekor qiliş qiyin keçadi.

Şuningdek, 2027 yildan boşlab mineral resurslarni çiqarib taşlagan holda nominal birlamçi taqçillikning yuqori çegarasini belgilaş tavsiya etilyapti. Bu mineral resurslar qazib çiqarişdan tuşadigan özgaruvçan daromadlarni boşqariş mexanizmini mustahkamlaş uçun umumiy taqçillikning 3 foizlik maqsadli körsatkiçiga qöşimça ravişda amalga oşiriladi.

Soliq siyosati

Davlat tez ösib borayotgan aholining ta’lim, tibbiyot va infratuzilmaga bölgan ehtiyojlarini moliyalaştira olişi uçun XVJ yangilangan örta muddatli daromadlar strategiyasini amalga oşirişni taklif qilyapti.

Xususan, soliq siyosati sohasida ayrim tovarlar böyiça aksiz stavkalarini oşiriş, eski soliq imtiyozlarini bosqiçma-bosqiç bekor qiliş va yangi imtiyozlar bermaslik zarur. Bu ayniqsa, foyda soliği böyiça «soliq ta’tili» va pasaytirilgan stavkalarga taalluqli. Şuningdek, foyda soliği va bojxona bojlari böyiça amaldagi qonunçilikda nazarda tutilmagan imtiyozlarni bekor qiliş kerak.

«Soliq tuşumlarini oşiriş jarayonida QQSni qaytariş böyiça qarzdorlik töplanişiga yöl qöymaslik va mavjud qarzdorlikni bartaraf etiş zarur. Bunga hisob-fakturalar uçun yangi risk baholaş tizimini joriy etiş orqali erişiş mumkin. Uşbu tizim tekşirilgan arizalar böyiça QQSni tezkor va avtomatik qaytarişni ta’minlaşga xizmat qiladi», deyiladi hisobotda.

Şuningdek, budjet institutlarini isloh qiliş, jumladan, qarzni boşqariş strategiyasini e’lon qiliş va budjet statistikasini rivojlantiriş borasidagi yutuqlar ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.