Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaga tungi hujum: Kiyev, Xarkiv va Dniproda qurbonlar bor
16 aprel, payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga raketa va hujumkor dronlar yordamida hujum qildi. Hujumlar asosan Kiyev, Xarkiv va Dnipro shaharlariga qaratilgani haqida ukrain ommaviy axborot vositalari va mahalliy hokimiyat vakillari xabar qildi.
Foto: IMAGO
Kiyevga berilgan raketa zarbasi oqibatida 18 kishi jabrlangan, ular orasida bir nafar bola ham bor. Bu haqda Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko ma’lum qildi. Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, hujum natijasida 12 yoshli bola va 35 yoshli ayol halok bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, turar joy mavzelari zarba ostida qolgan, raketa bo‘laklari tushgan joylarda favqulodda va kommunal xizmatlar ish olib bormoqda.
Klichko, shuningdek, Obolon tumanida raketa bo‘laklari tushgan notekis qurilish hududida yirik yong‘in yuz bergani, avtomobillar yonayotganini aytdi. Uning bildirishicha, Podolsk tumanida noturar joy binosiga zarba berilgan va bir nechta nuqtada bo‘laklar tushgan. Shu joylardan birida yong‘in chiqqan.
Xarkov ham tunda dron hujumiga uchradi. Ukrain ommaviy axborot vositalari va mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda ketma-ket portlashlar eshitilgan, zarba tushish holatlari va yong‘inlar qayd etilgan. Xarkov viloyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, zarba fuqarolik infratuzilmasiga berilgan, jabrlanganlar va vayronagarchilik ko‘lami haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.
Sinegubovning aytishicha, zarbalar shaharning Industrial va Nemishlyan tumanlariga to‘g‘ri kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Industrial tumanida ko‘p qavatli uy yonidagi hovliga kelib tushgan zarba oqibatida fuqarolarga tegishli avtomobillar yonib ketgan. Nemishlyan tumanida esa 66 yoshli erkak va 77 yoshli ayol jabrlangan.
“Suspіlne”, “24-kanal” va Oboz.UA portalining xabar berishicha, Dnipro shahri kamikadze-dronlar va ballistik raketalar qo‘llangan holda amalga oshirilgan qo‘shma hujumga duch kelgan. Natijada shaharda ketma-ket portlashlar sodir bo‘lgan, havo hujumidan mudofaa tizimi ishlagan. Ayrim hududlarda yong‘inlar va turar joy binolariga zarar yetgani qayd etilgan.
Ukrain OAV Dnipropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyatiga tayanib xabar qilishicha, shaharning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan. Zarba berilgan joylarda qutqaruvchilar va kommunal xizmatlar ish olib borgan.
Dnipropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganjaning ma’lum qilishicha, Rossiya hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi yaralangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharda turar joy uylari, garajlar va avtomobillar yongan, shuningdek, ta’lim muassasasiga ham zarar yetgan.
Mavzuga oid
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
09:48 / 14.04.2026
Mojar: Vengriya Ukraina uchun 90 mlrd yevroni bloklamaydi
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
09:48 / 13.04.2026