Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
Prezident Administratsiyasi rahbari Toyloq tumanidagi barcha mahallalar aholisi toza ichimlik suvidan bahramand bo‘la olishi uchun suv tarmoqlari qanday rekonstruksiya qilinayotgani va yangilanayotganini ko‘zdan kechirdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Toyloq tumanida jami 231,1 ming nafar aholi istiqomat qilib, 197,5 ming nafar aholi (85,5 markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan.
Toyloqning suv ta’minoti tizimidagi asosiy muammo — ba’zi mahallalarda aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan.

Tumandagi Bog‘ichinor MFY aholisi ichimlik suvini qo‘lbola pishkak (kachalka)lardan, quduqlardan olishadi va qo‘shni qishloqlardan tashib ichishga majbur bo‘lmoqda.
Hudud aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Bog‘ichinor” suv inshooti 2002 yilda qurilgan bo‘lib, texnik davriy muddatini o‘tab bo‘lgan va inshoot hozirda yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli hudud aholisiga sutkada 4 soatgina ichimlik suvi yetkazib bermoqda.
Ushbu muammo yangi loyiha doirasida tizimli hal etiladi.

Suv inshooti rekonstruksiya qilinadi va 8,5 km suv tarmog‘i tortiladi. Loyihani amalga oshirish natijasida 3,3 ming nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Mavzuga oid
23:16 / 24.04.2026
4 oydan so‘ng: Saida Mirziyoyeva Urgutning chekka qishlog‘idagi yangidan qurilgan poliklinikada bo‘ldi
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
10:11 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi
22:00 / 20.04.2026