Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv ta’minoti 5 kunga to‘xtatiladi
Suv ta’minotidagi cheklovlar Yashnobod, Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur tumanlarini hamda Sergeli tumanining ma’lum qismlarini qamrab oladi.
27 apreldan 1 mayga qadar 7-IM hamda ToshIEM qozonxonalarida issiq suv ta’minoti rejali tarzda 5 kunga to‘xtatiladi.
Suv ta’minotidagi cheklovlar poytaxtning Yashnobod, Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur tumanlarini hamda Sergeli tumanining ma’lum qismlarini qamrab oladi.
Manzillar ro‘yxati:
7-IM qozonxonasi (Yashnobod tumani):
Ko‘chalar: Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Ohangaron yo‘li, Birlashgan 2-tor ko‘chasi, Birlashgan 6-o‘tish ko‘chasi, Cho‘lpon, Asalobod, Nigora, Uysozlar 2-o‘tish ko‘chasi, Quruvchilar, Uysozlar, Ohangrabo, Elbek, Parkent, Alimkent ko‘chalari.
Daha va mavzelar: Tuzel-1, 2, 3, 4, Uysozlar-1, Asalobod-1, 2, Aviasozlar shaharchasi-1, 1a, 2, 3, 4 dahalari.
Mahallalar: O‘rtamasjid, Uysozlar, Xosiyatli, Barkamol, Beshariq, Asalobod, Fazogir, Aviasozlar, Yashnobod, Tarnovboshi, Yanginur, Donishmand, Iltifot, Parvoz, Dilbog‘, Birlashgan, Navro‘zobod, Qadriyat, Alimkent, Mahmur, Tong, Vatandosh, Al-Buxoriy, Mohinur, Tuzel, Amir Temur.
ToshIEM (TashTETs):
Ko‘chalar: Sharof Rashidov, Bobur, Shota Rustaveli, Glinka, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Afrosiyob, Oybek, Avliyoota, Mirobod, Fidokor, Shohjahon, Jamshid Shoshiy, Abdulla Avloniy, Belariq, Imom at-Termiziy, O‘rikzor, Bog‘tepa 5-tor ko‘chasi, Jiydazor 1-tor ko‘chasi, Yakub Kolos, Chimkent, Buyuk Turon, Muqimiy, Seul, Askiya, Cho‘ponota, Nurafshon, Gulxaniy, Lutfiy, Bog‘iston, Samarqand Darvoza, Amir Temur, Navoiy, Qumariq, Yahyo G‘ulomov, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yo‘li, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Kichik Beshyog‘och, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Moshtabib, Mustaqillik shoh ko‘chalari.
Daha va mavzelar: M-7, Oqtepa dahalari, Chilonzor dahasi 1÷5, E, I, Oqtepa mavzelari. Qushbegi, Boshliq dahalari, Uchuvchilar shaharchasi.
Mahallalar (tumanlar kesimida):
Yakkasaroy tumani: Armug‘on, Qushbegi, Boshliq, Dilbuloq, Muhandislar, Yakkasaray, To‘qimachi, Meros, Rakat, Shohjahon, Belariq, Rakatboshi, Tepa, Konstitutsiya, Yunus Rajabiy, Bog‘saroy, Hamid Sulaymonov.
Mirobod tumani: Mirobod, Yangi Mirobod, Baynalminal, Salar, Abdulla Avloniy, Lolazor, Movaraunnahr, Ming o‘rik, Farovon, At-Termiziy, Afrosiyob, Sharof Rashidov.
Chilonzor tumani: Katta Do‘mbirobod, Gavhar, Do‘mbirobod, Katta Chilonzor-1, 2, 3, Novza, Chilonzor, Charx Kamolon-2, 3, Ko‘rkam, Lutfiy, Botirma (bir qismi), Zarqo‘rg‘on (bir qismi).
Shayxontohur tumani: Katta Oqtepa, Olim Xo‘jayev, Charxnovza.
Yashnobod tumani: Cho‘lpon, To‘ytepa.
Sergeli tumani: Uchuvchilar, Oltinvodiy.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
14:46 / 13.06.2026
Issiqlik ta’minotida avans evaziga eski tarifning saqlanib qolish muddati 2 oyga tushirildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026