Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Italiyada o‘zbekistonlik rassomning shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdi
Ko‘rgazma rassom ijodining qariyb yarim asrlik davrini qamrab olgan bo‘lib, undan 1970 yillarga oid, shu paytga qadar namoyish etilmagan noyob asarlar ham o‘rin olgan.
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 61-Venetsiya biyennalesi doirasida Palazzo Franchetti saroyida Vyacheslav Axunovning “Instrumens of the Mind” (“Tafakkur vositalari”) nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdi.

“Axunov konseptual san’atning yetakchi namoyandalaridan biridir. Ushbu ko‘rgazma uning fikr va tasavvur ko‘lami naqadar keng ekanini yaqqol namoyon etadi”, deb yozdi u o‘zining Telegram kanalida.

Qayd etilishicha, loyiha rassom ijodining qariyb yarim asrlik davrini qamrab olgan bo‘lib, undan 1970 yillarga oid, shu paytga qadar namoyish etilmagan noyob asarlar ham o‘rin olgan.

“Bu O‘zbekistonning badiiy salohiyati zamonaviy san’at vositasida jahon ahli bilan muloqot qilib, ko‘plab qalblarni zabt etayotganining yana bir yorqin isbotidir”, deya fikrini yakunlagan Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
17:16 / 01.07.2026