Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda MIB xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
Xorazm viloyatining Xiva tumanida Majburiy ijro byurosi davlat ijrochisi soliq qarzdorligini bartaraf qilib berish evaziga 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Majburiy ijro byurosining Xiva tuman bo‘limi davlat ijrochisi qonunga zid harakatlari bilan fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, u xizmat mavqeidan foydalanib, bo‘lim ish yurituvidagi ijro ishi bo‘yicha 1995 yilda tug‘ilgan fuqarodan undirilishi lozim bo‘lgan 4 million 526 ming so‘m soliq qarzdorligini, shuningdek, ushbu fuqaro va uning otasiga nisbatan hisoblangan jami 22 million 822 ming so‘mlik yer va mol-mulk soliqlarini mansabdor tanishlari orqali bartaraf qilib berishni va’da qilgan.
Evaziga esa u 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:58 / 09.06.2026
Toshkentda soliq inspektorlari 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
00:06 / 07.06.2026
Surxondaryoda 4000 dollar evaziga departamentga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
08:18 / 04.06.2026