Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi ilk davlat barcha fuqarolarga ChatGPT Plus’dan bepul foydalanish imkonini beradi
Malta bunday milliy dasturni ishga tushirgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.
Amerikaning OpenAI kompaniyasi Malta hukumati bilan shartnoma tuzganini ma’lum qildi, unga ko‘ra mamlakatning barcha aholisi sun’iy intellektdan foydalanish kursini tugatgandan so‘ng, bir yil davomida ChatGPT Plus xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu vaqtgacha xizmatning narxi oyiga 20 yevro edi.
Malta bunday milliy dasturni ishga tushirgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. «Hamma uchun sun’iy intellekt» deb nomlangan tashabbusning birinchi bosqichi may oyida boshlanadi, Malta raqamli innovatsiyalar boshqarmasi bepul obunalarga kirish imkoniyatini nazorat qiladi.
«Malta bunday keng ko‘lamli hamkorlikni boshlagan birinchi davlatdir, chunki biz fuqarolarimizning raqamli asrda orqada qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz xalqimizni global o‘zgarishlarning oldingi saflariga qo‘yamiz», dedi mamlakat iqtisodiyot, tadbirkorlik va strategik loyihalar vaziri Silvio Shembri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, shu tariqa Malta «an’anaviy bo‘lmagan konsepsiyani amaliy yordamga aylantiradi».
Dastur chet elda yashovchi Malta fuqarolari uchun ham amal qiladi.
OpenAI kelishuvning moliyaviy tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Mavzuga oid
23:02 / 06.06.2026
ChatGPT foydalanuvchilari soni uch yilda bir milliardga yetdi
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:42 / 18.01.2026
ChatGPT’da reklama paydo bo‘ladi
17:56 / 08.01.2026