Texnologiya | 22:42 / 18.01.2026
4600
1 daqiqa o‘qiladi

ChatGPT’da reklama paydo bo‘ladi

Qayd etilishicha, reklama chat-botning bepul versiyasi hamda ChatGPT Go tarifida joylashtiriladi.

Foto: Depositphotos

OpenAI kompaniyasi yaqin haftalarda ChatGPT chat-botida reklama paydo bo‘lishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, reklama chat-botning bepul versiyasi hamda ChatGPT Go tarifida ko‘rsatiladi. Plus, Pro, Business va Enterprise tariflarida reklama joylashtirilmaydi.

Kompaniyaning izoh berishicha, reklamadan tushadigan daromad yanada kuchliroq sun’iy intellektni ishlab chiqishni moliyalashtirishga yordam beradi.

Ta’kidlanishicha, foydalanuvchilarning yozishmalari va shaxsiy ma’lumotlari reklama beruvchilarga taqdim etilmaydi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid