Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Dnestrbo‘yi aholisi uchun Rossiya fuqaroligini olishni yengillashtirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tan olinmagan Dnestrbo‘yi Moldaviya Respublikasi (DMR) aholisiga Rossiya fuqaroligini berish tartibini soddalashtiruvchi farmonni imzoladi. Hujjat 15 may kuni RF huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi.
Farmonga ko‘ra, Dnestrbo‘yida yashovchi barcha voyaga yetgan shaxslar qator qo‘shimcha talablarsiz Rossiya fuqaroligi uchun murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Jumladan, ulardan rus tili yoki Rossiya tarixi bo‘yicha imtihon topshirish talab etilmaydi.
Shuningdek, Dnestrbo‘yidagi yetim bolalarga ham vasiylari arizasi asosida Rossiya pasporti berish imkoniyati yaratilmoqda.
Dnestrbo‘yi — Moldovaning Dnestr daryosining chap sohilida joylashgan hududi hisoblanadi. O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan DMR 1990 yilda mustaqillikni bildirgan, ammo u BMTga a’zo biror davlat tomonidan rasman tan olinmagan. Hududda Rossiya qo‘shinlarining tezkor guruhi joylashgan.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu aprel oyida “Komsomolskaya pravda”ga bergan intervyusida, Dnestrbo‘yida 220 mingdan ortiq Rossiya fuqarosi yashashini ma’lum qilgan. O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublika aholisi esa taxminan 470 ming nafarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026