O‘zbekiston | 14:15
1865
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida ham yomg‘irli ob-havo davom etishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bilan kuchli jala kuzatiladi. Harorat kechalari +13…+18, kunduz kunlari +22…+27 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli jala bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi ham mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida faqat ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yogadi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.

Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Havo harorati 22–24 may kunlari kechalari +13…+18 daraja, kunduz kunlari +22…+27 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent shahrida juma kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yogadi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +22…+24 daraja bo‘ladi.

23 may kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat +25…+27 darajagacha ko‘tariladi.

24 may kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat kunduzi +22…+24 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +15…+18 daraja bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 metr/soniyagacha kuchayadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid