Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli avtomobil bozori buzilmaydi - Toshkent shahar hokimligi
Ma’lum qilinishicha, hozir bozor hududida sotuvchi, xaridor va mijoz uchun qulayliklarni oshirish maqsadida modernizatsiya, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Sergeli avtomobil bozori o‘z faoliyatini odatdagi tartibda davom ettirmoqda va bozorning buzilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozir bozor hududida sotuvchi, xaridor va mijoz uchun qulayliklarni oshirish maqsadida modernizatsiya, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ta’kidlanishicha, loyihaning asosiy maqsadi infratuzilmani yangilash, xavfsiz va zamonaviy savdo muhitini yaratish hamda xizmatlar sifatini yaxshilashdan iborat.
Qayd etilishicha, ma’muriy binoga kirish joylari yangilanib, granit plita yotqizilmoqda. Shuningdek, hududdagi 16,2 ming m2 maydonni asfalt qilish rejalashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, bozor hududiga avtomobillarning kirishi uchun inson omilisiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ham joriy etiladi. Mutasaddilar bu kirish jarayonini tezlashtirish, shaffoflikni ta’minlash va mijozlar uchun qulaylik yaratishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.
Hokimlik bozorning buzilishi haqida tarqalayotgan xabarlarni rad etib, amalga oshirilayotgan ishlar hududni rivojlantirish, tadbirkorlar faoliyati uchun sharoitlarni yaxshilash hamda poytaxt aholisi uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilganini bildirdi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026