Jahon | 22:03 / 03.06.2026
3798
2 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu Tramp bilan bo‘lgan bahsni oilaviy kelishmovchilikka qiyosladi

Biz ertalab kelisha olmasligimiz mumkin, kechqurun esa umumiy qarorga kelamiz, dedi Netanyahu.

Foto: Jim Watson/Agence France-Presse/Getty Images

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Tramp 1 iyun kuni telefon orqali suhbatda uni «la’nati ahmoq» deb ataganini tasdiqladi. U janjalni oilaviy kelishmovchilikka o‘xshatdi.

«Ba’zan eng yaxshi oilalarda bo‘lgani kabi bizda ham shunday taktik kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Biz har doim ularni hal qilish yo‘lini topamiz. Ertalab kelisha olmasligimiz mumkin, kechqurun esa umumiy qarorga kelamiz», dedi Netanyahu CNBC telekanalida.

Donald Trampning o‘zi ham Binyamin Netanyahuni Bayrutni bombardimon qilish rejalari uchun «la’nati ahmoq» deb haqorat qilganini tan oldi. 25 may kuni Isroil bosh vaziri Eron homiyligidagi Livanning shia «Hizbulloh» guruhiga qarshi zarbalar kuchayganini e’lon qildi. Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Donald Tramp Isroil bosh vazirining harakatlari AQSh - Eron muzokaralarini barbod qilishidan xavotirda bo‘lgan. Axios nashrining yozishicha, telefon suhbatidan so‘ng Isroil Bayrutni bombardimon qilish rejalaridan voz kechgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid