Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva: Giyohvandlikka qarshi kurashda chetda turishga hech kimning haqqi yo‘q
Prezident tomonidan giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan qonun imzolandi. Bu haqda prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilib, giyohvandlik jamiyat, oilalar va mamlakat kelajagi uchun jiddiy tahdid ekanini ta’kidladi.
Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, yangi qonun narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi va tarqatilishining zamonaviy usullariga qarshi samarali choralarni nazarda tutadi.
Unga ko‘ra, hujjatda giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilgan, shuningdek, voyaga yetmaganlarni bunday xavfdan himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
«Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba», — dedi Saida Mirziyoyeva.
Uning ta’kidlashicha, mazkur masala shaxsiy nazoratga olingan bo‘lib, giyohvandlikka qarshi kurashda faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, balki butun jamiyat ishtirok etishi lozim.
«Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq», — deya qayd etdi u.
Mutasaddilarning fikricha, yangi qonun giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish, yoshlarni turli tahdidlardan himoya qilish va jamiyat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
22:09 / 12.06.2026
Saida Mirziyoyeva Amir Temur haqidagi “Adolat fasli” spektakliga yuqori baho berdi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
17:36 / 05.06.2026