Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy agar yaqin oylarda harbiy harakatlar to‘xtatilmasa, Rossiyani «dahshatli qish» kutayotgani haqida ogohlantirdi.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina o‘tgan qishga o‘xshash davrni yana boshdan kechirishni istamaydi, ammo Rossiyani ham sinovlar kutmoqda.
«Bizda dahshatli qish bo‘ldi va ularga ham oson bo‘lmaydi», dedi Zelenskiy G7 sammitida jurnalistlarga.
«Shuning uchun, deb ta’kidladi u, harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni sovuq tushgunga qadar boshlash kerak».
Ukrainada 2025-2026 yilgi qish mavsumida Rossiyaning zarbalari tufayli ko‘plab aholi punktlarida elektr energiyasi, suv va issiqlik ta’minoti bo‘lmadi. Kiyevda kuchli sovuqda ko‘plab uylar markazlashgan isitish tizimisiz qolgan edi.