1 iyundan jarimalar, soliq va davlat bojlari ham oshadi. Stipendiya va kontrakt summalarichi?
Bazaviy hisoblash miqdorining 300 ming so‘m etib belgilanishi o‘z navbatida fuqarolar va tadbirkorlardan undiriladigan yig‘imlarga ham ta’sirini o‘tkazadi.
Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, 2022 yil 1 iyundan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshiriladigan bo‘ldi.
Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 iyundan boshlab:
• mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori - 920 ming so‘m miqdorida (hozir 822 ming so‘m);
• bazaviy hisoblash miqdori - 300 ming so‘m miqdorida (hozir 270 ming so‘m) belgilanadi.
Bazaviy hisoblash miqdorining oshishi unga bog‘lanadigan jarimalar, soliqlar, davlat boji va boshqa turdagi yig‘imlar miqdorining ham oshishiga sabab bo‘ladi.
Amalda 270 ming so‘mdan hisoblab kelingan yig‘imlar 1 iyundan boshlab 300 ming so‘m hisobida karralanadi.
Stipendiya va kontrakt to‘lovi ham oshadimi?
1 iyundan faqat budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari 12 foizga oshiriladi. Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan. Shuningdek, pensiya va nafaqalar ham oshmaydi, chunki ular yaqindagina, aniqrog‘i 2022 yil 1 maydan 12 foizga oshgandi.
Qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi mumkin, sababi bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Lekin bu borada xulosa qilishga shoshilish kerak emas. Sababi ko‘plab OTMlar o‘z imkonidan kelib chiqib, kontrakt miqdorlarini o‘zi belgilamoqda, anig‘ini OTMlardan aniqlashtirish kerak, deb tushuntirish bergan huquqshunos-bloger Xushnud Xudoyberdiyev.
Shuningdek, prezidentning 17 maydagi farmoni bilan tibbiyot xodimlarining maoshi 10-15 foizlarga oshirilgandi. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12% oshirilishi sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga ham tegishli bo‘ladi.
Masalan, 3 mln so‘m ish haqi oladigan tibbiyot xodimining oyligi dastlab (17 maydagi farmonga muvofiq) 15% ga oshadi deylik, shunda 3 mln 450 ming so‘m bo‘ladi. Keyin bu summa yana 12% oshadi va yakunda jami 3 mln 864 ming so‘m bo‘ladi, deya tushuntirish beradi Xushnud Xudoyberdiyev.
Mavzuga oid
07:28 / 07.09.2024
Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi
11:20 / 29.07.2024
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi
10:29 / 25.05.2024
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi
12:08 / 25.04.2024