Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oşirilgani haqida oliygoh saytida xabar berildi. Yangi narxlarga köra, kontrakt-tölovlari 1-bosqiç talabalari uçun stipendiyasiz – 29 million 428 ming söm, stipendiyali – 35 million 642 ming söm, 2–4-bosqiç talabalari uçun stipendiyasiz – 23 million 740 ming söm, stipendiyali varianti esa 31 million 814 ming söm etib belgilangan. Magistratura esa 27 million 216 ming söm deb belgilangan.
Oliygoh matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, JIDUda 2018 yildan beri kontrakt narxlari oşirilmagan. 2023/2024 yillarda stipendiyasiz öqiş narxi bakalavriat uçun umumiy – 18 million söm, magistratura uçun – 21 million söm etib belgilangan.
Oldinroq, davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024 öquv yili uçun bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça kunduzgi ta’lim şaklida bir talabaga töğri keladigan örtaça öqitiş xarajatlari e’lon qilingan edi. Unga köra, örtaça ta’lim yönalişlari böyiça stipendiyasiz öqitiş xarajatlari 13 million 640 ming sömni taşkil qiladi. Örtaça tölov kontrakt qiymati esa 7 million 446 ming söm bölib, bu – xarajatlarning 54 foizini qoplaydi.
Kontrakt summasi xarajatlarning katta qismini qoplaydigan yönalişlar röyxatida huquq – 81,2 foiz, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar – 81,2 foiz, jahon siyosati – 81,2 foiz, iqtisod – 75,6 foiz va axborot texnologiyalari 75,6 foiz yönalişlari örin olgan.

















