Davlat xizmatchilari o‘rtasida qanday kasalliklar ko‘p uchrashi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 6 ming nafarga yaqin davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Cog‘liqni saqlash vazirligi hamda hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan jami 5 744 nafar davlat fuqarolik xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Xizmatchilar 10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiyot xodimlarining xulosalariga ko‘ra, hokimlik xodimlari o‘rtasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), ko‘z va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlandi.
Kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli ko‘rsatmalar yuborilgan.
Ma’lumot uchun, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.
Mavzuga oid
16:29 / 16.09.2024
Shishgan, qizargan, yiringlagan ko‘zlar – kon’yunktivitni qanday davolash mumkin?
07:55 / 09.07.2024
Andijonda qoramollarda yangi kasallik turi aniqlangani rad etildi
13:11 / 03.06.2024
Toshkentda ayol qo‘shnisiga kuch ishlatib, sochidan sudragan shaxs ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirildi
12:11 / 29.05.2024