Ayni paytda yurtimizda bu kasallikka çaliniş holatlari tez-tez uçrab turibdi. Xöş, konyunktivit qançalik xavfli? Uning oldini oliş va da’volaş uçun nimalarga e’tibor qaratiş kerak? Mutaxassis Kun.uzʼga bu boradagi tavsiyalari bilan bölişdi.

Köz grippi bu – kon’yunktivaning yalliğlanişiga olib keladigan virusli infeksiya hisoblanadi. Kon’yunktiva közning oq qismi va köz qovoqlarining içki yuzasini qoplagan, ularning nam va toza bölib turişiga xizmat qiluvçi nozik, şaffof membrana sifatida tavsiflanadi.

Uşbu kasallik avval odamning bir közidan boşlanib, immunitetning kuçli-kuçsizligiga qarab ikkinçi közga yuqişi yoki yuqmasligi ham mumkin. Virusli infeksiya bilan xastalangan köz, odatda, puşti yoki qizil rangda tuslanadi va şu tufayli bu kasallik sözlaşuv tilida “puşti köz” hastaligi, ilmiy tilda konyunktivit deb ataladi.

Şifokorning ta’kidlaşiça, kon’yunktivit közlarning qizarişi, qiçişişi, yoşlanişi, qovoqlarning şişi, köriş qobiliyatining pasayişi kabi belgilar bilan namoyon böladi.

“Köz grippini yuqtirib olgan odamda yoruğlikka sezgirlik hissi oşib ketadi, közining içida yot jism yurgandek tuyuladi. Közlar atrofida şilimşiq, sarğiş oqindi hosil böladi va şu tufayli uyğongandan söng qovoqlar bir-biriga yopişib qoladi. Uşbu alomatlar bilan birga tomoq va boş oğriği, yötal, ba’zida isitma paydo bölişi mumkin”, – Respublika köz kasalliklari şifoxonasi şifokor-ordinatori Mansur Matyoqubov.

Köz grippi – yuqumli, u turli usullar orqali hosil böladi va tarqaladi, şunga köra quyidagi turlarga bölinadi:

Virusli kon’yuktivit – eng tez tarqaladigan turi bölib, u adenoviruslar, enteroviruslar yoki boşqa respirator viruslar sabab yuzaga keladi. Közning qizarişi, şişişi, közdan yiring yoki suyuqlik oqişi, köz qiçişişi kabi belgilar bilan namoyon böladi. Bunda közlarning yoruğlikka sezgirligi oşadi, köz atrofida şişadi. Ba’zan burun oqişi, yötaliş va boş oğriği kabi umumiy gripp simptomlari ham hosil böladi. Virusli kon’yunktivit juda yuqumli bölgani uçun boşqa odamlar bilan muloqotda bölişdan saqlaniş va kasallik tarqalişining oldini oliş uçun gigiyena qoidalariga rioya qiliş talab etiladi.

Bakteriyali kon’yunktivit esa stafilokokk, pnevmokokk, gemofilus kabi bakteriyalar orqali paydo böladi. Virus va bakteriyalar yuqişi odamdan odamga töğridan töğri kontakt orqali amalga oşadi, masalan, kasallangan odamning yuz soçiqlari, qöllari yoki boşqa şaxsiy buyumlar orqali ötadi va közning yalliğlanişiga olib keladi. Köz oqi va qovoqlarning qizarişi, qalin sariq yoki yaşil oqindi hosil bölişi, közda tirnaliş hissi singari simptomlar kuzatiladi.