Soğliqni saqlaş vazirligining «Narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) çalingan şaxslarga majburiy davolaş şaroitlarida narkologik yordam körsatiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş töğrisida»gi buyruği loyihasi e’lon qilindi.
Nizom majburiy davolaş uçun möljallangan narkologiya muassasalarida davolaş jarayonini taşkil etiş tartibini belgilaydi.
Majburiy davolaş uçun möljallangan narkologiya muassasalarida surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka (narkologik kasalliklar) çalingan şaxslarni majburiy davolaş işlari amalga oşiriladi.
Majburiy davolaş muassasalarida narkologik kasallikka çalingan şaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan hajmda tekşiruvdan ötkazilişni, maslahat berilişini, taşxis qöyilişini, davolaş va tibbiy reabilitatsiya qilinişini öz içiga olgan narkologik yordam körsatiladi.
Majburiy tarzda davolanayotgan şaxslarni tekşiriş, davolaş va tibbiy reabilitatsiya qiliş Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolaş standartlari va klinik qöllanmalariga muvofiq amalga oşiriladi.
Narkologik kasallikka çalingan şaxslarni majburiy davolaş uçun möljallangan muassasalarda alkogolli içimliklar, giyohvand yoki zaharvand moddalar iste’mol mumkin emas.
Majburiy davolaş muassasalaridagi tibbiyot hamda boşqa xodimlarning vazifa va majburiyatlari soğliqni saqlaş organlarining tegişli normativ hujjatlariga muvofiq muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan lavozim yöriqnomalari asosida örnatiladi.
Narkologik kasallikka çalingan şaxslar majburiy davolaş sudning majburiy davolaşga yuboriş töğrisidagi qarori asosida amalga oşiriladi.
Narkologik kasallikka çalingan şaxs majburiy davolaş muassasasiga yotqizilganidan keyin Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolaş standartlari va klinik qöllanmalariga muvofiq tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi.
Bunda, narkologik kasallikka çalingan şaxsda majburiy davolanişga qarşi körsatmalar aniqlanganda, bemor narkologik muassasaning ixtiyoriy davolaniş bölimiga ötkaziladi.
Majburiy davolaş muddatining davomiyligi narkologik kasallikka çalingan şaxs yotqizilgan kundan e’tiboran 5 kundan köp bölmagan vaqt içida majburiy davolaş muassasasining şifokorlar maslahat hay’ati tomonidan belgilanadi.
Bunda, majburiy davolaş muddatining davomiyligi kamida 6 oy, biroq 18 oydan oşmasligi lozim.
Majburiy davolaş muddatining davomiyligini aniqlaşda davolaş samaradorligini başorat qilişga imkon beruvçi klinik, psixologik va ijtimoiy körsatkiçlar, şuningdek, oldingi davolanişlar soni va natijalari hisobga olinadi.











