O‘zbekiston | 10:30 / 05.11.2019
13762
4 daqiqa o‘qiladi

Xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha yangi qaror qabul qilinadi

Foto: KUN.UZ

Respublika hududlarida xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan tikuvchilik majmualarining uzluksiz ishlashini ta'minlashni tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining:

“O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan tashkil etilgan tikuv-trikotaj majmualarida ishlab chiqarilgan tikuvchilik mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha vazirlik va idoralar hamda ularning tarkibidagi xo‘jalik jamiyatlarining yillik buyurtmalarini shakllantirish;

tikuv-trikotaj majmualarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilishga ruxsat berish haqidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Tikuvchilik mahsulotlariga bo‘lgan yillik ehtiyojlari hajmining kamida 50 foizini qamrab oladigan buyurtmalarni shakllantiruvchi vazirlik va idoralar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Vazirlik va idoralar tikuvchilik majmualarini zaruriy aylanma mablag‘lar bilan ta'minlash uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq bo‘nak (avans) tariqasida to‘lovning 50 foizi oldindan amalga oshirilishini ta'minlaydilar.

“O‘zpaxtasanoat” AJ:

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda tikuvchilik majmualarini zaruriy xomashyo bilan markazlashgan holda ta'minlash mexanizmini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kiritadi.

har oy yakuni bo‘yicha vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiruvchi xo‘jalik jamiyatlari tomonidan tikuvchilik mahsulotlariga bo‘lgan buyurtmalarni shakllantirish, shartnomalarning tuzilishi hamda majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatsin hamda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.

Tikuvchilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda buyurtmalarni shakllantiruvchi vazirlik va idoralar hamda xo‘jalik birlashmalari 

RO‘YXATI 

 1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

5. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi

7. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

8. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

9. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

10. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

11. Davlat geologiya qo‘mitasi

12. “O‘zagrokimyohimoya” AJ

13. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

14. “O‘zpaxtasanoat” AJ

15. “O‘zdonmahsulot” AJ

16. “O‘zkimyosanoat” AJ

17. “O‘zbekneftegaz” AJ

18. “Hududgazta'minot” AJ

19. “O‘ztransgaz” AJ

20. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

21. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

22. “Yog‘-moy sanoati korxonalari” uyushmasi

Mavzuga oid