Jahon | 15:15 / 23.01.2017
10014
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralar boshlandi

Foto: AFP

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida rasmiy Damashq va qurollangan muxolifat delegatsiyasi vakillari birinchi marta yagona muzokaralar davrasiga o‘tirishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Maslahatlashuvlarda ishtirok etayotgan tomonlar, bir necha soat mobaynida katta stol atrofida muloqot olib borishadi. Unda tomonlar qarashlarini bir-biriga yaqinlashtirishga harakat qilinadi. 

Uchrashuv tashkilotchilari rasmiy Damashq va muxolifat uchun alohida ko‘rsatkichlar o‘rniga umumiy ravishda "Suriya Arab Respublikasi" qaydnomalarini o‘rnatishni ma'qul ko‘rgan. Chunki, tashkilotchilar vakilining so‘ziga ko‘ra, asosiysi, "barchani bir muzokaralar davrasiga to‘plashdir".

Muzokarada ishtirok etayotganlar quyidagi tartibda (soat mili bo‘yicha 12:00dan boshlab): Qozog‘iston, Eron, Suriya hukumati delegatsiyasi, BMT, AQSh, Suriya qurollangan muxolifati, Turkiya, Rossiya bo‘lib o‘tadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов

Mavzuga oid