Jahon | 21:22 / 12.07.2023
15919
2 daqiqa o‘qiladi

«Vagner» Rossiya Qurolli kuchlariga 2 mingdan ortiq texnika va qurolni topshirdi 

Ulardan ba’zilari umuman ishlatilmagani aytildi. 

Foto: Reuters

Rossiya Mudofaa vazirligi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi o‘z harbiy texnikasi, shuningdek, qurol-yarog‘larini Rossiya Qurolli kuchlariga topshirganini ma’lum qildi. 

«2 mingdan ortiq texnika va qurol-aslaha topshirildi. Jumladan, yuzlab og‘ir qurollar: T-90, T-80, T-72B3 tanklari, «Grad» va «Uragan» raketa tizimlari, «Pansir» zenit-raketa tizimlari, 2S1 «Gvozdika», 2S3 «Akatsiya» 152 mm, 2S5 «Giatsint» 152 mm, 2S4 «Tyulpan» 240 mm o‘ziyurar artilleriya texnikasi, gaubitsalar va tankka qarshi qurollar, minomyot tizimlari, ko‘p maqsadli zirhli texnika, 2,5 ming tonnadan ortiq turli o‘q-dorilar va 20 mingga yaqin o‘qotar qurollar», deyiladi xabarda. 

Hisobotda, shuningdek, «o‘nlab texnika» hech qachon jangovar sharoitlarda ishlatilmagani aytiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin yollanma jangchilari katta qurol tanqisligini boshdan kechirayotganini aytgan edi. Prigojin bevosita Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Birlashgan kuchlar guruhi qo‘mondoni Valeriy Gerasimovga murojaat qilib, jangchilarini snaryad va o‘q-dorilar bilan ta’minlashini talab qilgan edi. 

Mavzuga oid