Rossiyadagi o‘zbekistonliklar milliy haydovchilik guvohnomasini qanday qilib yangisiga almashtirishi aniqlashtirildi
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalarida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi bo‘yicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylashtiriladi.
Talabgor eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga ariza bilan shaxsan murojaat qiladi. Konsullik muassasasi talabgor nomidan so‘rovnomani to‘ldirib, 1 ish kunida IIV YHXBBga yuboradi.
YHXBB taqdim etilgan ma'lumotnomani ko‘rib chiqib, 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi hamda uni Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti (TIV KHD)ga yuboradi. Shunga ko‘ra, TIV KHD haydovchilik guvohnomasini konsullik muassasasiga diplomatik pochta orqali taqdim etadi. Konsullik muassasasi 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini egasiga beradi yoki asoslangan sabablarga ko‘ra uni rad etadi.
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun quyidagilar undiriladi: bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida to‘lov; 20 dollar miqdorida konsullik yig‘imi; 20 dollar miqdorida haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun yig‘im.
Avvalroq, O‘zbekistonda 1 martdan ID-kartasi bor haydovchilar boshqa hujjatlarni ko‘rsatishi shart bo‘lmasligi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
Tramp Putin va Zelenskiyga telefon qildi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya hududiy yon berishi va armiyasini qisqartirishi kerak - Kellogg
Jahon | 23:59 / 15.02.2025
-
O‘nlab rossiyalik oligarxlar sanksiyalardan qutulishga muvaffaq bo‘ldi
Jahon | 23:56 / 15.02.2025
-
AQSh va Rossiya rasmiylari Tramp-Putin muzokaralariga tayyorgarlikni boshlaydi
Jahon | 23:30 / 15.02.2025
-
Zelenskiy foydali qazilmalar bo‘yicha AQSh bilan kelishuvni nega imzolamaganini tushuntirdi
Jahon | 23:15 / 15.02.2025
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/tU9vWY0MkXwHhPM2uRQlM5TeIUnYYkfv_medium.jpg)
02:51 / 17.01.2025
Putin zaxiradagi fuqarolarni yig‘inlarga chaqirishga oid farmonni imzoladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/QVAHyQcxU4jG5p7h-6igwoZPb75GKCrH_medium.jpg)
15:20 / 16.01.2025
Rossiya elchisi Kiselevning gapi tufayli Armaniston TIVga chaqirildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/oOvzF1ghqjy1sd31fmA2gRlHEw9CGcfF_medium.jpg)
14:07 / 16.01.2025
Rossiya va Ukraina «25 ga 25» formulasi bo‘yicha asirlar almashdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/fXG4frvMnG8rP_o-JssBwIrMTLPyjshf_medium.jpg)
13:27 / 16.01.2025