Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy foydali qazilmalar bo‘yicha AQSh bilan kelishuvni nega imzolamaganini tushuntirdi
«U bizning manfaatlarimizni himoya qilishga hali tayyor emas», dedi u.
Foto: media.securityconference.org
Qo‘shma Shtatlarga Ukrainaning foydali qazilmalaridan foydalanish imkonining berilishi haqidagi kelishuvda hali Kiyev manfaatlari himoya qilinmagan, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.
«Shartnoma vazirlar darajasida imzolanadi. Lekin men prezidentman va bu hujjatning sifatiga ta’sir qilaman. Shuning uchun vazirlarga shartnomani imzolashga ruxsat bermadim, chunki u tayyor emas, nazarimda. U bizning manfaatlarimizni himoya qilishga hali tayyor emas», dedi u.
Prezident ta’kidlaganidek, unga Ukrainaga sarmoya kiritish haqida gapirish juda muhim va bu kelishuvda qonunan to‘g‘ri yozilishi kerak.
«Va keyin biz foydani qanday taqsimlash haqida o‘ylashimiz mumkin, agar bularning barchasi xavfsizlik kafolatlari bilan bog‘liq bo‘lsa. Men hujjatda bu aloqani hali ko‘rmayapman», dedi u va bu aloqa aniq bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
NBC News manbalariga ko‘ra, hujjat Vashingtonning harbiy yordam evaziga noyob yer minerallarining 50 foizini olish huquqini nazarda tutadi.
AQSh moliya vaziri Skott Bessent 12 fevral kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida kelishuv loyihasini Ukraina prezidentiga topshirgan.
14 fevral kuni Zelenskiy kelishuvni imzolashdan «muloyimlik bilan bosh tortganini» xabar qildi. Reuters manbasiga ko‘ra, Ukraina kelishuvning o‘z versiyasini tayyorlab, Amerika tomoniga taqdim etgan.
Ukraina resurslaridan foydalanishga imkon berish masalasi Zelenskiy tomonidan o‘tgan yilning kuzida AQSh prezidentiga taqdim etgan «g‘alaba rejasi»ning bir qismi bo‘lgan. Kiyev bu ma’lumotni tasdiqlab, muhokama, xususan, litiy va titan konlari haqida bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Ukraina o‘z resurslarini AQShga bepul bermaydi, balki ularni birgalikda rivojlantirishni taklif qilmoqda, dedi Zelenskiy 8 fevral kuni. Tramp keyinroq Kiyev harbiy yordamni davom ettirish evaziga 500 milliard dollarlik qimmatbaho metallarga kirishni ta’minlashga tayyorligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
21:59 / 15.04.2026
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini davom ettirsa, Eron uchta dengizni yopish bilan tahdid qildi
20:51 / 15.04.2026
TIME jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi
09:41 / 15.04.2026