Ijtimoiy tarmoqlarda Ka’ba atrofida suratga olish taqiqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Saudiya Arabistoni elchixonasining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, Ka’bani tavof qilish vaqtida foto va videoga olish uchun hech qanday jarima yoki deportatsiya jazosi yo‘q. Shu bilan birga, noxushliklarning oldini olish uchun ziyoratchilarga tavof vaqtida Ka’bani suratga olmaslik tavsiya etiladi.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Haj va Umra ziyoratiga doir bir qancha ma’lumotlar tarqaldi.
Dastlab, turli nashrlar Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasining xatiga tayanib, Umra ziyoratiga boradiganlardan endilikda meningitga qarshi emlanishi talab etilmaydi, degan mazmunda xabar tarqatdi. Xatga ko‘ra, Saudiya Fuqaro aviatsiyasi qirollikdagi barcha aeroportlarda faoliyat yurituvchi aviakompaniyalarga, shu jumladan xususiy tashuvchilarga meningitga qarshi vaksina talabini bekor qilish haqida topshiriq yuborgan.
O‘zbekiston Sanitariya va epidemiologiya qo‘mitasiga ko‘ra, bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. “Saudiya Arabistoni Umra va Haj ziyoratlariga boruvchilarda meningit kasalligiga qarshi emlanganlik haqida hujjat bo‘lishi zarurligini rasman bekor qilmagan”, deyiladi qo‘mita bayonotida.
Kun.uz muxbiri Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi. Ma’lum qilinishicha, Umra va Haj ziyorati uchun keladiganlarga meningitga qarshi emlanish – Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligining talabi bo‘lib, u o‘z kuchida qolmoqda.
“Diniy qo‘mita tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat yurituvchi turfirmalar ziyoratchilarni Umraga olib borishida emlanganlik haqida sertifikat zarur. Bu – ziyoratchilar uchun majburiy talab. Shu bilan birga, qirollikka boshqa maqsadlarda, sayyohlik vizalari bilan kirishda vaksina talab qilinmaydi”, – dedi elchixona rasmiysi.
Bundan tashqari, shu kunlarda instablogerlar Haj va Umraga borayotganlarni “ogohlikka chaqirib” bir necha chiqishlar qildi. Ulardan birida shunday









