AQŞ prezidenti Donald Tramp 12 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, suhbat deyarli bir yarim soat davom etgan. Kreml ma’lumotlariga köra, suhbat çoğida «Ukrainadagi vaziyatni tartibga soliş mavzusi muhokama qilingan» va Tramp «jangovar harakatlarni tezroq töxtatiş va muammolarni tinç yöl bilan hal qilişni yoqlagan».
«Vladimir Putin, öz navbatida, mojaroning asl sabablarini bartaraf etiş zarurligini aytib ötdi va Donald Tramp bilan uzoq muddatli kelişuvga tinç muzokaralar yöli bilan erişiş mumkinligiga rozi böldi. Rossiya prezidenti, şuningdek, Amerika davlat rahbarining mamlakatlarimiz birgalikda işlaş vaqti kelgani haqidagi asosiy tezislaridan birini qöllab-quvvatladi», —deyiladi Kreml xabarida.
Rossiya prezidenti ma’muriyati xabarida aytilişiça, Putin va Tramp «şaxsiy aloqalarni davom ettirişga, jumladan, şaxsiy uçraşuvlarni taşkil etişga kelişib olgan», şu bilan birga, Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbini Moskvaga taklif qilgan. Avvalroq «Meduza»ning Rossiya prezidenti ma’muriyatiga yaqin manbasi Trampni 9 may kuni Moskvaga taklif qilişmoqçi ekanini aytgandi.

Tramp Putin bilan muzokaralardan söng Ukraina böyiça muzokaralarni zudlik bilan boşlaşga kelişib olganini aytdi. U öziga tegişli Truth Social ijtimoiy tarmoğida Putin bilan «uzoq va juda samarali muloqot» ötkazgani haqida yozdi. AQŞ prezidentining sözlariga köra, ular «Ukraina, Yaqin Şarq, energetika, sun’iy intellekt, dollar kuçi va boşqa turli mavzular»ni muhokama qilişgan.
«Biz mamlakatlarimizning qudrati va hamkorlik bir kun kelib bizga beradigan ulkan foyda haqida gaplaşdik. Lekin, birinçi navbatda, ikkalamiz ham kelişib olganimizdek, biz Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda ommaviy qirğinni töxtatmoqçimiz. Prezident Putin hatto mening saylovoldi kampaniyamdagi asosiy şiorimni işlatdi: „Oqilona yondaşuv“, biz ikkalamiz ham bunga çin dildan işonamiz», — deb yozdi u.
AQŞ prezidenti Putin bilan «birgalikda işlaş, jumladan, mamlakatlarimizga özaro taşrif buyuriş»ga kelişib olganini ta’kidladi.
«Şuningdek, biz öz jamoalarimizga muzokaralarni zudlik bilan boşlaşga körsatma berişga kelişib oldik. Birinçi qadam Ukraina prezidenti [Volodimir] Zelenskiyga qönğiroq qilib, uni bu suhbat haqida xabardor qiliş böladi — men hoziroq bu bilan şuğullanaman», — degan Tramp.









