O‘zbekiston | 07:24 / 18.11.2021
7960
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy sud raisining xizmat avtomobili YTHga uchradi

YTH oqibatida haydovchi jarohat olgan. Bu haqda Kun.uz’ga Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, joriy yil 22 oktyabr kuni Oliy sud raisi Kozimjon Komilovga biriktirilgan Malibu xizmat avtomobili YTHga uchragan. YTH vaqtida Oliy sud raisi avtomobilda bo‘lmagan.

YTH natijasida haydovchi jarohatlangan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani bildirildi.

Falokat oyoq ostida yurarkan. Yaxshi hamki, haydovchimiz unchalik jiddiy jarohat olmagan. Hozirda davolanyapti. Jarohatidan tuzalib, ishga chiqishi kutilyapti” – deydi Aziz Obidov.

Ma’lumot uchun, 2020 yil dekabrida Kosonda tuman hokiminiki ekani aytilgan Captiva urib yuborgan yo‘lovchi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, 2021 yil 7 noyabr kuni Yakkabog‘ tumani hokimining Captiva xizmat mashinasi YTH sodir etgani, YTH vaqtida uning ichida tuman hokimi bo‘lmagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid