Italiyada o‘zbek qovuni muzqaymoq tayyorlash uchun eng yaxshi mahsulot deb topildi
O‘zbekistonda yetishtirilgan qovun xalqaro tanlovda muzqaymoq tayyorlash uchun eng yaxshi mahsulotlardan biri, deb topildi.
Italiya muzqaymoq ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi tashabbusi bilan «Palatsso dey Kongressi» saroyida o‘tkazilgan Milliy ko‘rgazmada ilk bor «Muzqaymoq jahon merosi» (Gelato World Heritage) xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Milliy ko‘rgazma doirasida boshqa mamlakatlarga xos bo‘lgan meva va o‘ziga xos mahsulotlardan muzqaymoq tayyorlashda foydalangan holda tanlovda ishtirok etish sharti belgilangandi. Tashkilotchilar ajoyib hidli muzqaymoq tayyorlashda ishlatilgan O‘zbekistonda yetishtirilgan qovun muzqaymoq tayyorlash uchun eng yaxshi ikkinchi mahsulot sifatida tan olindi. Birinchi o‘rinda Amerikaning yeryong‘oqli muzqaymog‘i, uchinchi o‘rindan mangoli Misr muzqaymog‘i joy oldi.
Tanlovda O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida yetishtirilgan uchta qishki nav — «qirqma», «qari qiz» va «qora qand» qovunlari ishtirok etdi. Tanlov koordinatori Matteo Fortunati so‘zlariga ko‘ra, takrorlanmas ta'mga ega O‘zbekiston qovunlaridan shirin muzqaymoq tayyorlash imkoniyati ularni Yevropa va Italiyaga eksport qilishni oshiradi.
Mavzuga oid
22:57 / 04.12.2024
Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
18:28 / 04.12.2024
Italiya avstriyalik milliarder Rene Benkoni hibsga olishga order berdi
01:01 / 29.11.2024
Italiyada 22 mln obunachiga ega bo‘lgan «qaroqchi» televizion tarmoq yopildi
09:19 / 27.11.2024